Doniyor Rustamov AKT vaziriga yangi o‘rinbosar etib tayinlandi

Rustamov bugungacha Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Sputnik
TOShKENT, 7 okt – Sputnik. Doniyor Rustamov axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda “O‘zkomnazorat” matbuot xizmati xabar bermoqda.
Rustamov bugungacha Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi (“O‘zkomnazorat”) boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. U bu lavozimda Bahromjon Olmatovning o‘rnini egalladi.
Bahromjon Olmatov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan AKT vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.