Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida aviareyslar soni oshirilmoqda

Joriy yil 5-oktabrdan boshlab Moskvadan O‘zbekiston shaharlariga doimiy aviaqatnovlar soni ikki taraflama asosda ko‘paytiriladi.
Sputnik
TOShKENT, 5 okt - Sputnik. Rossiya va O‘zbekiston: aviareyslar soni oshirilmoqda, deb xabar berdi Tashqi migratsiya agentligi.
Joriy yil 5-oktabrdan boshlab Moskvadan O‘zbekiston shaharlariga doimiy aviaqatnovlar soni ikki taraflama asosda ko‘paytiriladi.
Xususan, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha reyslar yo‘lga qo‘yiladi:
Moskva - Toshkent (haftasiga 4 tagacha reys);
Moskva - Buxoro (haftasiga 2 ta reys);
Moskva - Samarqand (haftasiga 2 ta reys);
Moskva - Urganch (haftasiga 1 ta reys);
Moskva - Namangan (haftasiga 1 ta reys);
Moskva - Farg‘ona (haftasiga 1 ta reys);
Moskva - Andijon (haftasiga 1 ta reys);
Moskva - Termiz (haftasiga 1 ta reys).
Ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha parvozlardan oldin chet davlatlar fuqarolari bo‘lgan yo‘lovchilarga koronavirusdan himoyalanish uchun emlanish tavsiya qilingan. Shuningdek, yaqinda mehnat migrantlari uchun O‘zbekistondan Rossiyaga poyezdlar tashkillashtirish rejalashtirilayotgani ma’lum qilingan edi.