TOShKENT, 5 okt — Sputnik. Sputnik.Mnenie so‘rovnomasi natijalariga ko‘ra, 36%dan 49%gacha yevropaliklar 2001-yilda AQSh qo‘shinlarining Afg‘onistonga kiritilishini oqlamagan.
Ta’kidlanishicha, nemislarning 49%i, ispanlarning 41%i, inglizlarning 40%i, italyanlarning 36%i va fransuzlarning 34%i bu fikrni noto‘g‘ri deb hisoblaydi. Shu bilan birga, nemislarning 37%i, ispanlarning 39%i, inglizlarning 34%i, italyanlarning 46%i va fransuzlarning 46%i qarama-qarshi fikrni qo‘llab-quvvatlagan.
Aksariyat italyanlar (53%), ispanlarning deyarli yarmi (47%) va ingilizlarning uchdan bir qismidan ko‘prog‘i (43%), nemislar (41%) va fransuzlar (35%) harbiy kontingent chiqarilishining qay tarzda tashkillashtirilgani ular ko‘z o‘ngida Qo‘shma Shtatlar nufuzini tushirib yuborganini aytishgan.
Barcha mamlakatlardagi respondentlarning yarmidan ko‘pi Afg‘onistondagi operatsiyaning yakunlanishi jahon xavfsizligi darajasini pasaytirganini aytishgan. Jumladan, 63% nemislar, 60% italyanlar, 54% ispanlar va 50% fransuzlar shu pozitsiya tarafdori.
Bundan tashqari, afg‘onistonlik qochqinlarni AQSh qabul qilish kerak, deb hisoblovchi yevropaliklarning ko‘rsatkichi, "buni bizning mamlakat amalga oshirishi kerak edi", deya ta’kidlayotganlarnikidan oshib ketdi: Ispaniyada 85%ga 80% qarshi, Italiyada 73% ga 80% qarshi, Buyuk Britaniyada 75% ga 67% qarshi, Germaniyada 63% ga 46% qarshi va Fransiyada 63% ga 46% qarshi.
O‘tgan yilning fevral oyida Qatarda toliblar va amerikaliklar tinchlik shartnomasini imzolagandi. Unga ko‘ra, NATO respublikadan qo‘shinlarini olib chiqishi evaziga jangarilar "al-Qoida"* bilan aloqalarni uzishga va mamlakat ma’muriyati bilan muzokaralar stoliga o‘tirishga va’da bergandi.
Joriy yilning avgust oyida, AQSh o‘z harbiy qo‘shinlarini mintaqadan olib chiqib ketayotgan bir paytda, toliblar barcha yirik shaharlarni egallab oldi va yigirma yillik urush tugaganligini e’lon qildi. Sentabr oyida ular "Tolibon"*ning birinchi hukmronligi davrida tashqi ishlar vazirligi boshlig‘i lavozimida ishlagan va BMT sanksiyalari ostida qolib kelayotgan Muhammad Hasan Ohund boshchiligidagi vaqtinchalik hukumatni shakllantirdilar.
So‘rovnoma Fransiyaning jamoatchilik fikrini o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi eng qadimiy IFop kompaniyasi tomonidan amalga oshirildi. So‘rovnoma Sputnik agentligi uchun maxsus 2021-yilning 21- 27-sentabr kunlarida o‘tkazildi, unda Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Italiya va Ispaniyada istiqomat qiluvchi, 18 yoshdan katta bo‘lgan 5032 nafar aholi ishtirok etdi.
* Rossiyada taqiqlangan terrorchi tashkilot.