TOShKENT, 5 okt — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda “Dahshatli voqea! 8 oylik homilasi bilan kelinni bo‘g‘izlab tashlagan" sarlavhali videoxabar tarqalgan.
Aniqlanishicha, 2021-yil iyun oyida U.N. Yozyovon tumani, O‘zbekiston ko‘chasida joylashgan xonadonlar biriga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, mol-mulklarni qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan vaqtida uyda bo‘lgan homilador M.Q uni ko‘rib qolganligi sababli, uni pichoq bilan bir marotaba urib tan jarohati yetkazgan. Oqibatda M.Q kasalxonada vafot etgan.
Bosh prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, 2021-yil 23-iyun kuni Yozyovon tuman prokuraturasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) va 164-moddasi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.
Jinoyat ishi bo‘yicha 1 nafar shaxsga ayb e’lon qilinib, unga nisbatan "qamoqqa olish" tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Jinoyat ishi mazmunan ko‘rib chiqish uchun 2021-yil 16-sentabr kuni Farg‘ona viloyat sudiga yuborilgan.