Zelenskiy AQShni takabburligi uchun milliardlab dollarga jazoladi

Kiyevda Ukrainaning eng yirik kompaniyasi bo‘lmish "Naftogaz Ukraini" ustidan nazorat uchun kurash bilan bog‘liq bo‘lgan mojaro davom etmoqda
Sputnik
Valeriy Mixaylov
Sentabr oyining oxirgi haftasida kompaniyaning oldingi rahbari - Andrey Kobolevning oxirgi ishchilari boshqaruv kengashidan ishdan bo‘shatildi. Bundan bir necha kun oldin, 7-sentabrda kompaniyaning kuzatuv kengashi tarkibidan uch nafar mustaqil deb atalmish a’zolar: Kler Spottisvud, Bruno Leskua va Lyudo Van der Xeyden o‘z o‘rinlarini tark etishgandi. Ular bilan bir qatorda, davlat kompaniyasi boshqaruv kengashidagi ikki chet ellik: Otto Vaterlander va Peter Stefanus van Dril ham iste’foga ariza berishdi.
Prezident Zelenskiy idorasining odami bo‘lgan hozirgi boshqaruv raisi Yuriy Vitrenko anchadan buyon oldingi jamoadagi odamlardan qutulish payida yurgan, biroq G‘arb nazoratidagi kuzatuv kengashi yuzidagi "homiylar" buni amalga oshirishga yo‘l qo‘ymay kelayotgandi.
Yevropa gaz bozori uchun jangda AQSh Rossiyaga yutqazdi
"Naftogaz" ustidan nazoratni qo‘lga olish masalasida AQSh Davlat departamenti ham, shaxsan Viktoriya Nulandning o‘zi ham Kiyevda bo‘lib o‘tgan "Yalta Yevropa strategiyasi" forumi paytida o‘z tashvishini bildirishgan edi. Ularga ko‘ra, "Naftogaz" boshqaruvida inqiroz va noto‘g‘ri qabul qilingan qarorlar xavfi mavjudmish.
Ammo, keling, dastlab g‘arblik vakillar rahbarligidagi "Naftogaz"ning "ratsional boshqaruvi" tushunchasiga oydinlik kiritamiz. Axir Zelenskiyning odamlari "g‘arblik sheriklar" bilan nega bunchalar jiddiy kekashib qolishganini tushunib olish kerak.
"Naftogaz"ni tark etayotgan ijrochi direktor Otto Vaterlander o‘z ish faoliyatining so‘nggi kunida juda ko‘p qiziqarli gaplarni gapirdi.
Xususan, u Yuriy Vitrenkoning boshqaruv raisi etib tayinlanishiga iddao qilgan holda "g‘irrom o‘yinning bir qismi bo‘lishni xohlamasligini" aytib o‘tdi.
Ammo bundan ham qiziqrog‘i, uning Ukrainada bir kubmetr gazning ishlab chiqarish narxi bor-yo‘g‘i bir grivnani tashkil etishi haqidagi iqrorlari bo‘ldi. Avvalroq, Vitrenko gazning tan narxi 2,6 grivnani tashkil etishini e’lon qilgan va bu shubhalarni keltirib chiqargandi, sababi "Naftogaz", asosan, sobiq ittifoq davrida qazilgan quduqlardan foydalanadi. Shu sababli, Vaterlender bergan ma’lumotlarga ishonch ko‘proq.
Ukraina: inqiroz yubileyi
Shundan so‘ng u "Naftogaz" aholiga har kubometr gazni yetti grivnadan sotayotgani hamda juda achinarli 6 grivnadan, ya’ni ustiga 600% qo‘yish orqali daromad topayotgani va uning bu ishi xayriyadan boshqa narsamasligi haqida gapirdi. Vaholanki kompaniya bu gazni jahon bozorida 20-30 grivnadan sotishi mumkin edi. Biroq janob Vaterlander shu yerda yolg‘on gapirdi, chunki kompaniya gazning bir qismini bozorda sotadi va bunda ustama narx ikki-uch ming foizni tashkil qiladi.
Bularning barchasi Ukraina iste’molining qariyib uchdan ikki qismini tashkil etuvchi ichki iste’mol gazi bilan bog‘liq. Ochig‘ini aytadigan bo‘lsak, "Naftogaz" ning sho‘’ba korxonalari deyarli 15 milliard kubometr gaz ishlab chiqaradi. Bunda kompaniya uchun tannarx 15 milliard grivnani tashkil qilishi va daromadlar kubometr uchun o‘rtacha 11 grivna – jami 165 milliard grivnaga to‘g‘ri kelishini hisoblash qiyin emas. Foyda – kamtarona (bor yo‘g‘i) 150 milliard grivenni yoki 5,5 milliard dollarni tashkil etadi.
Ha, ularning bir qismi budjetga soliq shaklida tushadi. Ammo qoladigan qariyb 3 milliard dollar umuman olganda yomon emas. Albatta, bu pulni qandaydir tarzda davlat kompaniyasidan olib qo‘yish kerak. Buning uchun faqat aql bovar qilmaydigan bonuslarga ega bo‘lgan ulkan maoshlar emas, balki investitsiya loyihalari va dasturlari deb nomlanuvchi narsalar ham bor edi.
Misol uchun, “20/20” investitsiya dasturini esga olish mumkin. Unga ko‘ra, 2020-yilga kelib "Naftogaz" 20 milliard kubometr gaz ishlab chiqarishi kerak edi. Bu dasturga ikki milliard dollar sarflandi. Gaz qazib olish hajmi oshish o‘rniga 1,5-2 milliard kubometrga kamaydi. Dasturni imi-jimida to‘xtatishdi. Shu bilan birga, bu gazni sotayotgan yevropalik savdogarlar uni "Gazprom"dan uzoq muddatli shartnomalar asosida 150 dollardan (o‘tgan yilning qishida "Gazprom"ning elektron savdo maydonchasida) 250-270 dollargacha bo‘lgan narxlarda sotib olishgan edi. "Naftogaz" rahbariyati faqatgina mavjud bo‘lmagan yetkazib berishlardan daromad olgan, deb o‘ylash soddalikdir, bunday ko‘lamli xaridlarda poraxo‘rlik bo‘lishi muqarrar.
Talab to‘fonday oshmoqda: AQSh Rossiya neftini katta hajmda sotib olmoqda
Xorijlik benuqson, halol menejerlar va ularning mahalliy sheriklaridan tashkil topgan "Naftogaz" rahbariyatining uzoq muddatli shartnomalar tuzishdan qat’iy bosh tortishi (nafaqat "Gazprom" bilan, balki Yevropaning yirik savdogarlari bilan ham), "Naftogaz"ning shveysariyalik "sho‘’basini"ni tashkil etish – bularning bari bir zanjirning bo‘g‘inlari.
Asl maqsad esa - super daromad olish va uni G‘arbga joylashtirishdir. Bu esa import gazni xarid qilish jarayonida avtomatik tarzda ro‘y bergan. Shu bilan birga, agar "Naftogaz" rahbariyati yuqorida tasvirlangan sxema bo‘yicha har bir kubometr uchun 100-120 dollar olgan deb hisoblasak (poraxo‘rlik va qo‘shimchasiga mavjud bo‘lmagan yetkazib berish narxi bilan), ular o‘n milliard kub metr importidan 1-1,2 milliard dollardan foyda olgan bo‘ladi. Ya’ni gap ikki sohada ukrainalik "qul bo‘lmaganlarni" yiliga to‘rt yoki undan ortiq milliard dollarga "tushirish" haqida bormoqda!
Qashshoq mamlakat uchun faqatgina gaz sohasidan bunday mustamlakachilik solig‘ini to‘lash - yomon emas, albatta.
Yevropa Rossiyani "sovuq eksportida" ayblamoqda
Shu bilan birga, "Naftogaz" menejmenti korrupsiyaga va surbetlik botqog‘iga botib ketganki, o‘tgan yil oxirida rekord darajada 19 milliard grivna zarar ko‘rgani yetmagandek, o‘zi uchun ulkan rag‘bat pullarini yozishni ham unutmagan.
Ammo Ukrainada "g‘arblik sheriklar"ning hushor nazorati ostida amalga oshirilgan sxema maqsadi super foyda olish va bu daromadlarni mamlakatdan chiqarib ketishgina emas. Buning tagzamirida "Naftogaz"dan ukrainaliklar cho‘ntagidan pul sug‘urib oladigan moliyaviy changutgichni yaratish yotadi, - bundan ham muhimi esa - u mahalliy qayta ishlab chiqarish sanoatini jonsizlantiradi va yo‘q qiladi. Shu bilan birga, qazib olishning o‘zi tanazzulga uchraydi va qisqaradi.
Shuni qo‘shimcha qilish kerak-ki, bu sxemaning "cho‘qintirgan otasi" - o‘tgan yilning kuzigacha “Naftogaz” Kuzatuv Kengashining oddiy a’zosi bo‘lib ishlagan Amos Goxshteyn edi. Endi u ko‘tarildi va hozirda AQShning energiya xavfsizligi bo‘yicha katta maslahatchisi kursisini egallagan, u Germaniya bilan "Shimoliy oqim 2" bitimiga mas’ul etib tayinlangan va hatto Rossiyani Ukraina orqali gaz qazib olish hajmini oshirishga chaqirmoqda.
Zelenskiyning atrofidagilar hatto tushida ham ushbu sxemani qanday yo‘q qilish haqida reja tuzadilar, deb o‘ylash yaramaydi. Bu yigitlarni ishtahasi karnay va ular buni shunchaki boshqarishni xohlashadi. Gap "g‘arblik sheriklar" ularning ishtahasini qondirishga qay darajada tayyorligida.