Rossiyaga 10 ming kishi ishga taklif qilinmoqda - patent O‘zbekistonda rasmiylashtiriladi

Rossiyada ishlash uchun yuzlab armaturachi va betonchilar, g‘isht teruvchi va yuq avtomobillari haydovchilari taklif qilinmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 4 okt - Sputnik. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi 10 ming kishini Rossiyaning turli hududlariga ishga taklif qilmoqda.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu ish o‘rinlari Rossiyaning "salohiyatli ish beruvchilari tomonidan" taklif qilingan bo‘lib, ish bo‘lajak joyi Moskva, Sankt-Peterburg shaharlari, Amur, Novosibirsk, Kaluga, Tula, Murmansk, Kaliningrad, Moskva viloyatlari hamda Krasnodar o‘lkasida bo‘ladi.
Asosiysi, Rossiya Federatsiyasida ishlash huquqini beruvchi patent O‘zbekistonda rasmiylashtiriladi, - deyilgan xabarda.
Ushbu imkoniyatdan foydalanmoqchi bo‘lgan fuqarolar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari kerak bo‘ladi. (Saytga kirish uchun Googleda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi kerak)
Ro‘yxatdan o‘tish!
Keltirilgan ro‘yxatga ko‘ra, 1090 nafar armaturachi, 795 nafar betonchi, 495 nafar quvur o‘tkazuvchi, 300 nafar teploizolyatsiya o‘rnatuvchi, 230 nafar g‘isht teruvchi, 250 nafar santexnika o‘rnatuvchi, shuningdek, o‘nlab yuq avtomobil, ekskavator va kranlar haydovchisi, suvoqchi va bo‘yoqchilar taklif qilinadi. Umuman taklif qilinayotgan mutaxassisliklar soni 50dan ortiq.
Batafsil ma’lumotlarni Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining hududiy bo‘linmalaridan olish mumkin.