TOShKENT, 4 okt – Sputnik. 2021 yil 14-20 oktabr kunlari O‘zbekiston prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz berish o‘tkaziladi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi xabar bermoqda.
Saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega.
Muddatidan oldin ovoz berish uchun saylovchi sababini ko‘rsatgan holda tegishli saylov uchastkasiga ariza bilan murojaat qiladi.
To‘ldirilgan saylov bulleteni yopiq konvertda, tegishli uchastka saylov komissiyasining seyfida saqlanadi.
Eslatib o‘tamiz, 24-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan prezident saylovlarida XDPdan Maqsuda Vorisova, “Adolat” SDPdan Bahrom Abduhalimov, O‘zLiDePdan Shavkat Mirziyoyev, "Milliy tiklanish" partiyasidan Alisher Qodirov hamda Ekologik partiyadan Oblomuradov Narzulla O‘zbekiston prezidentligiga nomzod sifatida ro‘yxatga olingan. 20-sentabrdan boshlab prezidentlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqotlarini boshlashga ruxsat berildi.