Moskvada “Hizb ut-Tahrir”* a’zolari qo‘lga olindi

Moskvada taqiqlangan “Hizb ut-Tahrir”* tashkilotining ikki rahbari va olti faol a’zosi hibsga olindi.
Sputnik
TOShKENT, 4 okt – Sputnik. Rossiya poytaxti Moskvada “Hizb ut-Tahrir”* yacheykasi yo‘q qilindi. Bu haqda Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) ma’lumotlariga tayangan holda RIA Novosti xabar bermoqda.
“Uning ikki rahbari va olti faol a’zosi hibsga olindi”, - deyilgan xabarda.
FXX xabariga ko‘ra, terrorchilar maxfiy kvartiralarda to‘planishgan va Moskva mintaqasi aholisi orasida terrorchilik g‘oyalarini targ‘ib qilishgan. Tintuv paytida ularning yonlaridan taqiqlangan targ‘ibot materiallari topilgan.
Rossiya JKning tegishli moddalari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari olib borilmoqlda.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.
Qrimda “Hizb ut-Tahrir al-Islomiy”* guruhining a’zolari qo‘lga olindi - video