“UzAuto Motors” “Lacetti” ishlab chiqarish hajmini 12,5 foizga oshirdi

Amalga oshirilgan ishlar natijasida "Chevrolet Lacetti" ishlab chiqarilish hajmi kuniga o‘rtacha 280 tadan 320 taga yetdi.
Sputnik
TOShKENT, 3 okt — Sputnik. “UzAuto Motors” kompaniyasi sentabr oyida “Chevrolet Lacetti” avtomobilini ishlab chiqarish liniyalarida optimizatsiya ishlarini olib bordi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, amalga oshirilgan ishlar natijasida “Lacetti” ishlab chiqarilish hajmi kuniga o‘rtacha 280 tadan 320 taga yetadi.
Olib borilgan modernizatsiya ishlari ushbu avtomobil modelining ishlab chiqarilishini oyiga o‘rtacha 1000 donaga ko‘paytirish imkonini beradi.
“Ishlab chiqarishning ko‘payishi yuzaga kelayotgan navbatlarni qisqartiradi va mijozlarga ushbu ommabop avtomobilni qisqa muddatlarda yetkazib berishni ta’minlaydi”, - deyilgan xabarda.
UzAuto Motors "Lasetti" va "Spark" modellarini ishlab chiqarishni qayta tikladi