TOShKENT, 3 okt - Sputnik. Toshkent shahridagi "MMFI" milliy tadqiqot yadro universiteti filialida talabalar va xorijiy o‘vituvchilar uchun ijtimoiy blokning tantanali ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar bermoqda.
Ijtimoiy blok 212 o‘rinli talabalar turar joyini, 21 nomerdan iborat xorijiy o‘qituvchilar uchun mehmonxonani, 42 ta xonadondan iborat filial professor-o‘qituvchilari uchun turar joyi, 100 kishilik katta oshxona, sport zal, futbol va voleybol sport maydonchalarini o‘z ichiga oladi.
Dlya studentov tashkentskogo filiala MIFI postroili obshejitie
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Tantanali marosimda “O‘zatom” agentligi bosh direktori Jo‘rabek Mirzamahmudov, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri AbduqodirToshqulov, oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalari rektorlari va direktorlari, MMFI filiali o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdilar.
Dlya studentov tashkentskogo filiala MIFI postroili obshejitie, a dlya inostrannix prepodavateley gostinitsu kvartirnogo tipa
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Tadbir davomida MMFI filiali direktori Yuriy Maslovga ramziy kalitni topshirish marosimi hamda ijtimoiy blok obyektlari bilan tanishtiruv o‘tkazildi.
Obshejitie dlya studentov tashkentskogo MIFI
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
MMFI filialining bir guruh professor-o‘qituvchilari bosh universitet rektori tomonidan imzolangan tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar, shuningdek, MMFI filiali talabalari tomonidan sahna ko‘rinishlari tashkillashtirildi.
Ijtimoiy blok MMFI filiali o‘quv binosi yaqinida joylashgan bo‘lib, u arxitektura va dizaynning zamonaviy uslublarini o‘zida ifoda etgan.
Ushbu kampus talabalarni qulay va shinam turar joy bilan ta’minlashga imkoniyat yaratadi va shu sababli ular tomonidan universitetda ta’lim olish jarayoniga jiddiy yondashishga undaydi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahridagi MMFI filiali 2019-yilda O‘zbekiston prezidentining 2018-yil 20-iyuldagi qarori bilan tashkil etilgan. Hozirda filialda talabalar bakalavriat dasturlari asosida kadrlarga talab yuqori bo‘lgan elektr energetikasi, issiqlik texnikasi va issiqlik fizikasi hamda yadro fizikasi va texnologiyalari yo‘nalishida tahsil olib kelmoqdalar.