TOShKENT, 1 okt — Sputnik. "Miss Rossiya migrantlar federatsiyasi" go‘zallik tanlovining yarim final bosqichidagi ochiq ovoz berish jarayoni o‘z nihoyasiga yetdi.
Olingan ovozlar soni bo‘yicha ikki nafar o‘zbekistonlik qiz tanlovning finaliga chiqdi. Ularga 2 mingdan ortiq ovoz berildi.
23 yoshli Abdildayeva Kamola RUDN universiteti talabasi.
Yana bir o‘zbekistonlik ishtirokchi - 25 yoshli urganchlik Karimova Rushana.
Tanlovda hozirda Rossiyada bo‘lgan voyaga etgan migrant qizlar ishtirok etishi mumkin.
Tanlovning yarim finalida jami yetti nafar o‘zbekistonlik qiz ishtirok etdi. Tojikiston, Qirg‘iziston, Ukraina, Turkmaniston, Qozog‘iston va Senegal go‘zallari ularga raqib bo‘lishdi.
"Miss FMR" finali 9-oktabr kuni Moskvada bo‘lib o‘tadi. Uch finalchi mukofot oladi: "Miss FMR" va "vitse-miss FMR", shuningdek " Tomoshabinlar e’tirofi" nominatsiyasi g‘olibi.
Migrant ayollar o‘rtasida har yili o‘tkaziladigan go‘zallik tanlovi ikkinchi marta o‘tkazilmoqda. O‘tgan yili tojikistonlik Fotima Kaladorova g‘olib bo‘lgandi, "vitse-miss" unvoni Rossiya Tuva Respublikasidan Diana Badirgi qo‘lga kiritdi, “tomoshabinlar e’tirofi” esa qirg‘izistonlik Kamila Polotbekovaga nasib qildi.
Final konkursa krasoti Miss FMR - Sputnik Tadjikistan
© Federatsiya migrantov Rossii