TOShKENT, 29 sent - Sputnik. Xususiylashtirish borasida O‘zbekiston haliyam orqada, dedi Xalqaro Moliya korporatsiyasi hududiy direktori Vibke Shloymer, Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Iqtisodiy forum doirasida. Sputnik muxbiri xabariga asosan.
"O‘zbekistonda davlat korxonalari 50 foizni tashkil etadi. Rossiyada bu 35, germaniyada 18, aqshda 11, yaponiyada 5 foizni tashkil etadi", - deb statistik ma’lumotlarni keltirdi xalqaro korporatsiya vakili.
Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK, IFC)
bmtning ixtisoslashtirilgan muassasasi, jahon banki guruhiga kiradi. xmk 1956-yilda xalqaro tiklanish va tarakkiyot banki filiali tarzida tashkil etilgan. bugungi kunda unga a’zo davlatlar soni 174 tani tashkil qiladi. shtabkvartirasi vashingtonda.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori Akmal Ortiqov aytishiga ko‘ra, O‘zbekistonda 2021-yilning 9 oyida 4 mlrd 400 mln dollarga 600ga yaqin korxonalar sotildi.
Undan tashqari, Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi, alkogol ishlab chiqaruvchi korxonalar, spirt ishlab chiqaruvchi korxonalar xususiylashtiriladi. Oktabrda Qo‘qon-spirt sotuvga qo‘yiladi. IESlar xususiy sektorga taklif etiladi. Shuningdek dastlabki 10 ta donni qayta ishlash korxonalari sotuvga qo‘yiladi.
Eslatib o‘tamiz, “Iqtisodiy islohotlar sarhisobi va istiqboli” iqtisodiy forumining ikkinchi kunida “Hukumat bilan suhbat” doirasida xususiylashtirish, kapital bozori, davlat-xususiy sheriklik, kon-metallurgiya, ish o‘rinlari yaratish, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, O‘zbekistonning global ta’minot zahiralaridagi o‘rni, bank tizimi, energetika va kimyo sanoati kabi mavzularda davra suhbatlari va fikr almashuvlar bo‘lib o‘tmoqda.