TOShKENT, 30 sen — Sputnik. O‘zbekistondagi Uzcard bankomatlarida 50 va 100 AQSh dollari qiymatidagi kupuralarni ayirboshlash (qabul qilish) to‘xtatildi. Bu haqda “Yagona umumrespublika protsessing markazi” MChJning (Uzcard brendi)ga tayanib, Telegram’dagi “Bank va mijoz” kanali xabar berdi.
Bunga ushbu qiymatdagi soxta valyutalar bankomatlar orqali ayirboshlangani sabab qilib ko‘rsatilgan.
"Yagona umumrespublika protsessing markazi" barcha tijorat banklarga bu haqda tegishli xat yo‘llagan.
"Mazkur holat inobatga olinib, valyuta ayirboshlash operatsiyalarida 50 va 100 dollarli kupuralarni qabul qilish funksiyasi vaqtincha to‘xtatiladi", — deyilgan xatda.