Davlat aktivlarini sotish tezlashtirilmoqda - Ortiqov

O‘zbekiston korxonalardagi davlat ulushining 80% bosqichma-bosqich xususiylashtiriladi.
Sputnik
TOShKENT 30 sen - Sputnik. O‘zbekistonda prezident qaroriga asosan davlat davlat aktivlarini sotish tezlashtirilmoqda. Bu haqida Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan iqtisodiy forum doirasida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori Akmal Ortiqov xabar qildi. Sputnik muxbiriga asosan.

"Joriy yilda Agentlik 600 dan ortiq davlat aktivlarini 4 trillion so‘mdan ko‘proqqa sotgan. Solishtirish uchun aytadigan bo‘lsak, undan oldingi to‘rt yilda Hukumat jami 1,6 trillion so‘mlik aktivlarni xususiylashtirgan", - dedi Ortiqov.

Davaktiv rahbarining so‘zlariga ko‘ra, yil oxiriga qadar “Poytaxt” biznes markazi, “Malika” savdo majmuasi ham sotuvga qo‘yiladi, ularning aktivlari 600 million dollardan ko‘proqqa baholanmoqda.
Shuningdek, “O‘zagroeksportbank”, “Poytxat bank”, “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi”, “Kvars”, “Trest-12” kabi moliya va ishlab chiqarish obyektlari hamda respublikaning eng yirik spirtli ichimliklar korxonasi hisoblanadigan “Toshkent vino”dagi davlat ulushlari ham sotiladi.
Xususiylashtirish borasida O‘zbekiston haliyam orqada - XMK
Undan tashqari, xususiylashtirish jarayonlarining ikkinchi bosqichida 12 ta davlat korxonasi sotuvga qo‘yiladi. Ular orasida “Hyatt Regency Tashkent”, “Matbuotchilar uyi” hamda kichik sanoat hududlaridagi qurilish majmualari bor. Shuningdek, “Sergeli” va “Bektemir” kichik sanoat hududlaridagi bino va inshootlar, “Qo‘qon biokimyo” kabi yirik spirt zavodlari, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari”, “Hududiy elektr tarmoqlari”, “Issiqlik elektr stansiyalari” hamda “O‘zbekgidroenergo” hissadorlik jamiyatlari ham bor.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi saytida kelitirilgan statistik ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonda 1718ta DUK, 990 ta MChJ va 257ta AJ to‘liq yoki qisman davlatga tegishlidir. Prezident farmoniga muvofiq ushbu korxonalardagi davlat ulushining 80% bosqichma-bosqich xususiylashtiriladi.