OAV: AQSh O‘zbekiston bilan harbiy obyektlardan foydalanish borasida muzokara olib bormoqda

Pentagon rahbariyati ayrim Markaziy Osiyo mamlakatlarida, jumladan, O‘zbekistonda Afg‘onistondagi terrorchilikka qarshi amaliyot uchun vositalarini joylashtirish imkoniyatini muhokama qilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 30 sen – Sputnik. AQSh hukumati Afg‘oniston bilan chegaradosh mamlakatlar bilan ularning harbiy obyektlari, jumladan, Rossiya bazalaridan terrorchilikka qarshi amaliyot o‘tkazish uchun foydalanish borasida muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda “Politico” o‘z manbalariga tayangan holda xabar bermoqda.
29 sentabr kuni Pentagon rahbariyati ishtirokida eshituvlarning yopiq qismi bo‘lib o‘tgan.
Bu yopiq majlisda qatnashgan senatorlarga tayanib xabar qilayotgan nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Pentagon vakillari muzokaralar Tojikiston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va boshqa mamlakatlar hukumatlari bilan olib borilayotganini ma’lum qilishgan.
Gap bu mamlakatlarga amerikaliklar tomonidan tashlab ketilgan Afg‘onistonda terrorchilikka qarshi amaliyotlar uchun “ufq ortidagi” vositalarni joylashtirish haqida bormoqda.
“Bu obyektlar bu mamlakatlarda Rossiya tomonidan foydalanilayotgan bazalarni ham o‘z ichiga olishi mumkin”, - deyilgan xabarda.
AQSh Mudofaa vazirligi “Al-Qoida”* hujumi tahdidini tan oldi