TOShKENT, 30 sen – Sputnik. Toshkent viloyatida Chirchiq darosi orqali o‘tadigan yangizamonaviy ko‘prikni bunyod etishga kirishildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, Mazkur loyiha O‘zbekiston Transport vazirligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va Toshkent viloyati hokimligi tomonidan ishlab chiqilgan.
Ko‘prik 4R12 “Toshkent — Chorvoq” avtomagistralidan Chirchiq shahriga kiraverishdagi darodagi to‘g‘on yonida quriladi.
Xabarda yozilishicha, loyihada to‘xtash xududlari, sug‘orish va irrigatsiya tizimlari, tashqi yoritish qurilmalari e’tiborga olingan.