Xitoy–O‘zbekiston yaratgan vaksinadan bolalarni emlashda qo‘llaniladimi - tafsilotlar

Hozirda Xitoyda 12-17 yoshli bir guruh bolalar ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining 3 ta dozasi, 6-11 va 3-5 yoshli bolalar guruhlari esa vaksinaning birinchi dozasi bilan emlangan
Sputnik
TOShKENT, 29 sen - Sputnik. Xitoy–O‘zbekiston hamkorligida yaratilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasini 3-5, 6-11 va 12-17 yoshdagi bolalarda qo‘llash xavfsizligi DSMB (Data Safety Monitoring Board) – Ma’lumotlar monitoringi bo‘yicha mustaqil qo‘mita tomonidan tasdiqlandi.
DSMB – mustaqil ekspertlar guruhi bo‘lib, ular tadqiqotlar natijalariga ko‘ra tadqiqotda ishtirok etganlarning xavfsizligini tahlil qiladi va baholaydi.
“Vaksina kokteyli”: “Sputnik Layt” va AstraZeneca kombinatsiyasi samaradorligi haqida
Xitoyda ayni vaqtda 12-17 yoshli bir guruh bolalar ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining 3 ta dozasi, 6-11 va 3-5 yoshli bolalar guruhlari esa vaksinaning birinchi dozasi bilan emlanganligi va bolalarning salomatligida nojo‘ya ta’sirlar kuzatilmagani xabar qilinmoqda. ⠀
Ilgariroq, AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Atabekov O‘zbekiston-Xitoy hamkorligida ishlab chiqarilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasini yosh bolalarda ishlatish mumkinmi, degan savolga javob berar ekan, ️"vaksinalarni qaysi aholi qatlamida ishlatishdan qat’iy nazar avval albatta shu yosh qatlami ichida o‘tkazilgan klinik sinovlar bo‘lishi shartligi" haqida gapirgan va "hademay bu borada ham yangiliklar paydo bo‘lsa ajabmas", - deya qo‘shimcha qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, ilgariroq, O‘zbekistonda endi 12 yoshdan katta bolalarga ham COVID-19ga qarshi Pfizer vaksinasi bilan ixtiyoriy ravishda emlanishga ruxsat berilgani haqida xabar bergan edik.