Qashqadaryoda “Lacetti” avtomobilidagi gaz balloni portlab ketdi

Gaz baloni portlashi oqibatda haydovchi yengil tan jarohat olgan va shifoxonaga yuborilgan.
Sputnik
TOShKENT, 29 sen – Sputnik. Qashqadaryo viloyatida “Lacetti”avtomobilining gaz balonida portladi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Hodisa bugun, 29-sentabr kuni, soat 08:05 da G‘uzor tumani Mustaqilik ko‘chasida ro‘y bergan. Oqibatda haydovchi yengil tan jarohat olgan va shifoxonaga yuborilgan.
Jizzaxdagi gaz quyish shoxobchasida ikki avtomobil yonib ketdi
Qashqadaryo viloyati YHXB xodimining Sputnik nashriga aniqlik kiritishicha, avtomashinada faqat haydovchining o‘zi bo‘lgan. Haydovchining qulog‘i jarohatlangan. “Lacetti” atrofida boshqa mashinalar bo‘lmagan.
Voqea joyiga FVB, IIB, SSB, Prokuratura va boshqa tegishli idoralarning kuch-vositalari jalb qilinib, voqea oqibatlari bartaraf etilgan.
Hozirda hodisa sababi aniqlanmoqda.