O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni yana keskin ortdi

️Kecha kun davomida kasallikdan sog‘ayganlar jami 168 359 nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil etmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 29 sen - Sputnik. Kuni kecha O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni yana 500 nafardan oshdi.
2021 yil 28-sentabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 173409 (+510) nafarni tashkil etmoqda.
BSST koronavirus kelib chiqishi bo‘yicha surishtiruvlarni qayta tiklaydi
Yangi kasallanish holatlarining: eng ko‘pi Toshkent viloyatida - 124 nafari, Toshkent shahrida - 227 nafari koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
️Kecha kun davomida kasallikdan sog‘ayganlar jami 168 359 (+659) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil etmoqda.
️Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1234 nafarni tashkil qildi.