“Hududgazta’minot”: Tabiiy gaz endi ogohlantirishsiz o‘chirilmaydi

Hududgazta’minot” AJ boshqarma boshlig‘i Bahodir Vahobov tabiiy gaz endi ogohlantirishsiz o‘chirilmasligini ma’lum qildi.
Sputnik
TOShKENT, 29 sen – Sputnik. Tabiiy gaz endi ogohlantirishsiz o‘chirilmaydi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida “Hududgazta’minot” AJ boshqarma boshlig‘i Bahodir Vahobov ma’lum qildi.
Vahobovning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi kunga qadar ikki millionga yaqin xonadonga elektron gaz hisoblagichlar o‘rnatilgan. Barcha iste’molchilarning telefon raqamlari bazaga kiritilgan. Agarda iste’molchida qarzdorlik aniqlansa, unga albatta xabarnoma yuboriladi va qarzni to‘lash uchun besh kun muddat beriladi.
Elektron gaz hisoblagichlar o‘rnatilmagan xonadonlar egalarining raqamlari ham bazaga kiritilgan va ularda ham qarzdorlik mavjud bo‘lsa, tabiiy gaz o‘chirilishi haqida ogohlantiriladi.
“Ha, ilgari ogohlantirishsiz o‘chirilardi. Endi bunday holat bo‘lmaydi. Favqulodda holatlarda esa aholi mahalliy hokimlik organlari orqali xabardor qilinadi”, - dedi “Hududgazta’minot” boshqarma boshlig‘i.
Samarqandda bir guruh fuqarolar gaz yo‘qligi sababli norozilik bildirib, yo‘lni to‘sib qo‘ydi