Rossiyada sudlanganligi bo‘lgan haydovchilarga taksida ishlash taqiqlanishi mumkin

Sputnik
TOShKENT, 28 sen – Sputnik. Rossiya hukumati Davlat dumasiga sud dog‘i bo‘lgan kishilarga jamoat transportini boshqarish va kirakashlik qilishni taqiqlovchi qonun loyihasini kiritdi. Hujjat mamlakat parlamenti quyi palatasining ma’lumotlarning elektron bazasida chop qilingan.
Taksida quyidagi jinoyatlar uchun sudlanganlik holati tugallanmagan bo‘lsa, ishlash taqiqlanadi: qotillik, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish, odam o‘g‘irlash, talonchilik, bosqinchilik, jinsiy daxlsizlik va shaxsning jinsiy erkinligiga qarshi, jamiyat xavfsizligiga qarshi, konstitutsiyaviy tuzim va davlat xavfsizligiga qarshi, insoniyat tinchligi va xavfsizligiga qarshi jinoyatlar. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlarida – Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘izistonda ham sodir etilgan jinoyatlar inobatga olinadi.
Moskvada kuz oyida birinchi haydovchisiz taksi ish boshlaydi
Quyidagi moddalar bo‘yicha sudlanganlik holati tugallanmagan yoki olib tashlanmaganlar avtobus, tramvay va trolleybus haydovchilari bo‘la olishmaydi: jamiyat xavfsizligiga qarshi, konstitutsiyaviy tuzim va davlat xavfsizligiga qarshi, insoniyat tinchligi va xavfsizligiga qarshi jinoyatlar.
Rossiya qonunchiligiga binoan og‘ir jinoyatlar uchun sudlanganlik jazo muddati o‘talgandan so‘ng sakkiz yil o‘tib, o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun esa 10-yil o‘tib tugallanadi. Bu haqda sudning tegishli qarori qabul qilinadi.