Afsonaviy aktor Stiven Sigal Toshkentda mahorat darslarini o‘tadi

Stiven Sigal “Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivalining faxriy mehmoni bo‘ladi.
Sputnik
TOShKENT, 26 sen — Sputnik. Amerikalik taniqli aktor, kinoproduser, ssenarist, kinorejissor Stiven Sigal “Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivaliga tashrif buyuradi. Bu haqda Kinematografiya agentligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Stiven Sigal Toshkent xalqaro kinofestivalining faxriy mehmoni bo‘lib, u Samarqand viloyatidagi yangi Family Park kinoteatrini ochilish marosimida ishtirok etadi.
“Aktor festival doirasida kinoaktorlik va rejissura bo‘yicha bir qator mahorat darslarini o‘tadi”, - deyilgan agentlik xabarida.
Jahon kino yulduzlarining Toshkent xalqaro kinofestivaliga tashrif buyurishi kutilmoqda
Eslatib o‘tamiz, “Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali 28-sentabrdan 3-oktabrgacha o‘tkaziladi.