Chirchiqdagi poligonda harbiy xizmatchi snarad portlashi oqibatida vafot etdi

Chirchiqdagi poligonda Milliy gvardiya muddatli harbiy xizmatchisi snarad portlashi oqibatida vafot etdi.
Sputnik
TOShKENT, 24 sen — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda "Namanganlik 21 yoshli yigit harbiy xizmatda portlab ketganligi" haqida xabarlar tarqalgan.
Aniqlanishicha, joriy yilning 21-avgust kuni dala o‘kuv maydonida snarad qoldiqlari portlashi natijasida sodir bo‘lgan ko‘ngilsiz hodisa oqibatida videomurojaatda murojaat qilgan ota-onalar farzandi Milliy gvardiya muddatli harbiy xizmatchisi R.Baratov hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohatlari olib vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan 21-avgust kuni Chirchiq harbiy prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 297-moddasi (Atrofdagilar uchun katta xavf manbai bo‘lgan qurol-yarog‘, shuningdek modda va buyumlar bilan muomalada bo‘lish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, prokuror nazorati o‘rnatilgan.