Moderna rahbari koronavirus pandemiyasi tugashi haqida bashorat qildi

COVID-19 pandemiyasi bir yil o‘tgandan so‘ng insonlar odatiy hayotiga qaytadilar, dedi Moderna farmkompaniyasi rahbari.
Sputnik
TOShKENT, 23 sen – Sputnik. Vaksinalar ishlab chiqarish ko‘payayotgani sabab, koronavirus pandemiyasi kelasi yilning kuzida tugashi mumkin. Bu haqda Amerikaning Moderna farmatsevtika kompaniyasi bosh direktori Stefan Bansel so‘zlariga tayanib RIA Novosti xabar berdi.
O‘zbekistonga AQShdan Moderna vaksinasi olib kelinadi
"Agar siz so‘nggi olti oy mobaynida sanoat ishlab chiqarish qo‘llamining quvvatiga nazar tashlasangiz, kelasi yilning o‘rtalariga qadar yer sayyorasidagi barcha insonlarni emlash uchun dozalar yetarli bo‘ladi", - dedi Bansel Shveysariyaning Neue Zürcher Zeitung gazetasiga bergan intervyusida.
Uning aytishicha, emlashdan bosh tortganlar koronavirusga chalinishi muqarrar, chunki hozirda dunyoda hukmronlik qilayotgan “delta” shtammi juda yuqumli. 2022-yilning ikkinchi yarmida odatiy hayotga qaytish mumkinmi, degan savolga, bu bir yilda sodir bo‘lishi mumkin, deb qo‘shimcha qildi u.