Turkmanboshi Gurbanguli Berdimuhamedov komaga tushgan emas - diplomatlar

Ta’kidlanishicha, Turkmaniston prezidenti kuni kecha hukumat rahbarlari ishtirokida kengaytirilgan majlisni o‘tkazgan, yig‘ilish davomida hujjatlar loyihalari ko‘rib chiqilgan, deb ma’lum qilishgan Moskvadagi Turkmaniston elchixonasi diplomatlari.
Sputnik
TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Sal avval Turkmaniston muxolifat blogerlari tomonidan tarqatilgan Turkmaniston yetakchisi Gurbanguli Berdimuhammedovning sog‘lig‘i yomonlashgani, jumladan u komadaligi haqidagi xabarlar haqiqatga mos kelmaydi. Bu haqda Moskvadagi Turkmaniston elchixonasiga tayanib RIA Novosti xabar bermoqda.
"Qator OAVlarda tarqatgan Turkmaniston prezidentining go‘yoki sog‘lig‘i yomonlashgani haqidagi xabarlar, … mutlaqo yolg‘on va haqiqatga mos kelmaydi", - deb aytishgan Turkmaniston elchixonasi diplomatlari.
Gurbanguli Berdimuhamedov bir kun oldin hukumat rahbarlari ishtirokida kengaytirilgan majlisni o‘tkazgan va unda hujjatlar loyihalari ko‘rib chiqilgan, deya ta’kidlanadi elchixona matbuot-xizmati xabarida.
Diplomatik idoraning aniqlik kiritishicha, "Turkmaniston prezidenti ishtirokidagi eng so‘nggi tadbirlarni turkmenistan.gov.tm saytiga kirib tomosha qilish mumkin".
Dushanba, 21-sentabr kuni davlat rahbari hukumatning kengaytirilgan yig‘ilishini o‘tkazgan. Tadbir doirasida Berdimuhamedov qator hujjatlarni imzolagan. Bundan tashqari, mamlakat mustaqilligining 30-yilligi sharafiga (bayram 27-sentabrda nishonlanadi) u 258 nafar turkmanistonlik va olti nafar chet ellik fuqarolarni afv etgan.