TOShKENT, 22 sen - Sputnik. "Tolibon"* oldingi hukumat tomonidan Afg‘onistonning BMTdagi doimiy vakili etib tayinlangan G‘ulom Isoqzoy boshqa mamlakatni tashkilotda taqdim etmasligi haqida ma’lum qildi. Bu haqda RIA Novosti BMT bosh kotibi rasmiy vakili Farxon Xakga tayanib xabar bermoqda.
"2021 yil yigirmanchi sentabrda bosh kotib "Afg‘oniston Islom Amirligi tashqi ishlar vazirligi" blankida "tashqi shilar vaziri" Amir Xon Muttakiy imzosi qo‘yilgan xatni oldi, unda 21-27 sentabr kunlari BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasida ishtirok etish iltimosi bayon etilgan edi", - dedi Xak.
Uning aytishicha, maktubda 2021-yilning 15-avgustida Afg‘onistonning oldingi prezidenti Ashraf Gani "quvilgani" va mamlakat boshqa uni "prezident sifatida tan olmasligi" ham ko‘rsatib o‘tilgan.
Afg‘onistonning BMTdagi doimiy vakili G‘ulom Isoqzoy lavozimga toliblar poytaxtni o‘z nazoratiga olayotgan vaqtda mamlakatdan qochib ketgan prezident Ashraf G‘ani hukumati tomonidan tayinlangan. Toliblar hukumatga kelgach Isoqzoy toliblarni BMTda ko‘plab marotaba tanqid qilgan. Jumladan, u toliblar tomonidan shakllantirilgan hukumatni inklyuziv deb atab bo‘lmasligini aytib, shuningdek, ularni inson huquqlarini poymol qilishda ayblagan.
Avgust oyi boshida toliblar Afg‘oniston hukumat kuchlariga hujumlarni faollashtirgan edilar, 15-avgust kuni ular Qobulga kirib borishdi va ertasi kuni urush tugaganini e’lon qilishdi. Avgust oyining oxirgi ikki haftasida amerika harbiylari qo‘rig‘ida bo‘lgan Qobul aeroportidan G‘arb mamlakatlari va ular bilan hamkorlik qilgan afg‘onlarning ommaviy evakuatsiyasi amalga oshirildi. 31-avgustga o‘tar kechasi amerikalik harbiylar Qobul aeroportini tark etishdi, bu bilan AQShning Afg‘onistondagi 20-yillik faoliyatiga chek qo‘yildi. 6-sentabr kuni toliblar janglardan so‘ng 34 afg‘on provinsiyasining eng so‘nggisi - Panjsher ular nazoratiga o‘tgani haqida bayonot berdi.
Ertasi kuni Afg‘oniston muvaqqat hukumati tarkibi e’lon qilindi. "Tolibon"*ning birinchi hukmronligi vaqtida TIV rahbari kursisini egallagan va 2001-yildan buyon BMT sanksiyalari ostida qolib kelayotgan Muhammad Hasan Oxund muvaqqat hukumat rahbari etib tayinlandi.
* Rossiyada taqiqlangan terrorchi tashkilot.