TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Rossiya yangi qurol ishlab chiqarish ustida ish olib borilmoqda, unda neyron tarmoqlardan (neyroset) foydalaniladi.
Bu haqda "Kalashnikov" konserni AJ bosh konstruktori Sergey Urjumsev RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
"Bizda allaqachon tizimning alohida elementlari yaratilgan. Biz ularni birinchi marta yaqinda Kubinkada “Armiya-2021" xalqaro harbiy-texnik forumining yopiq namoyishi doirasida RF Mudofaa vaziriga namoyish qildik", - dedi u.
Bu sun’iy intellekt elementlariga ega komplekslar, ular hozirda identifikatsiya, nishonga olish va uni kuzatish jarayonlarini deyarli to‘liq avtomatlashtirishga, shuningdek, o‘q otishni amalga oshirishga imkon beradi, dedi agentlik suhbatdoshi.
Kompaniya ishlab chiqarishni seriyali namunalar darajasiga yetkazish uchun ilmiy -tadqiqot bazasini ochishni Mudofaa vazirligiga taklif qildi.
Konstruktorning so‘zlariga ko‘ra, yangi avtomat nishonga tegish va tezligini oshirishni ta’minlashi zarur. Buning uchun turli xil optik va elektron qurilmalarni yagona qurol tizimiga birlashtirish kerak bo‘ladi. U nafaqat nishonga olish hamda o‘zi otish uchun maqbul vaqtni ham tanlaydi.
“Inson jismonan tunda yoki yomon ob-havo sharoitida ba’zi nishonlarni ko‘ra olmaydi, neyron tarmoqlar esa buni hal qilish uchun mo‘ljallangan”, - deb xulosa qildi u.