Mo‘ynoqdagi har bir oilaga 5 million so‘mdan tarqatilmoqda

2021 yil 1-yanvar holatiga ko‘ra Mo‘ynoq tumani aholisi 32,3 ming kishini tashkil etadi.
Sputnik
TOShKENT, 22 sen – Sputnik. Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumanida yashovchi har bir oilaga 5 mln so‘mdan bir martalik yordam puli berilmoqda. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
“Orol dengizi fojiasi oqibatlaridan hammadan ko‘p jabr ko‘rgan Mo‘ynoq tumani xalqi har tomonlama qo‘llab-quvvatlash prezidentimizning e’tiborida”, - deyiladi xabarda.
Bir martalik pul yordami qishloq fuqarolar yig‘inlari kesimida sayyor kassalar orqali, “Xalq banki”ning Mo‘ynoq tuman filiali tomonidan, shuningdek, uylarga avtomashinalarda borib tarqatilmoqda.
1 / 3
V Muynakskom rayone Karakalpakstana nachali vidavat yedinovremennie viplati semyam.
2 / 3
V Muynakskom rayone Karakalpakstana nachali vidavat yedinovremennie viplati semyam.
3 / 3
V Muynakskom rayone Karakalpakstana nachali vidavat yedinovremennie viplati semyam.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra Mo‘ynoq tumani aholisi 32,3 ming kishini tashkil etadi.
Qoraqalpog‘istonda boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga bepul tushlik berish yo‘lga qo‘yiladi