TOShKENT, 22 sen – Sputnik. Moskva viloyati Krasnogorsk tumani Putilkovo posolkasidagi Migratsiya markazi noyabr oyida yangi joyga ko‘chib o‘tadi. Bu haqda viloyatning mintaqaviy xavfsizlik boshqarmasi rahbari Roman Karatayev ma’lum qildi.
“Andrey Yuryevich, biz sizning topshirig‘ingizga binoan patent rasmiylashtirish uchun yangi qulay joyni topdik, demak, noyabr oyida biz yangi joyga ko‘chib o‘tishimiz lozim. Putilkovodagi Migratsiya markazi o‘z ishini to‘xtatadi”, - deya ma’lum qildi Karatayev yig‘ilish davomida Moskva viloyati gubernatori Andrey Vorobyovga.
Avvalroq Moskva viloyati va Moskva shahri migratsiya markazlari birlashtirilishi xabar qilingan edi. Putilkovo posolkasida joylashgan Migratsiya markazi Moskva shahar Migratsiya markazi (Saxarovo)ga ko‘chib o‘tishi kutilmoqda.