TOShKENT, 21 sen - Sputnik. Toshkent viloyatida Janubiy Koreyaning Hwashin Cyber universiteti filiali tashkil etiladi, deb xabar bermoqda Toshkent viloyati axborot-xizmati.
Xabarda aytilishicha, Toshkent viloyati hokimligida viloyat hokimi Davron Hidoyatov janubiy koreyalik mehmonlar - xususan, Koreya Respublikasi Hwashin Cyber universitetining MDH davlatlari bo‘yicha bosh mutaxassisi Kim Sunggi bilan shu haqda muzokara olib borgan.
Suhbat davomida mazkur loyihaning imkoniyatlari va ikki taraflama manfaatli jihatlari haqida to‘xtalingan.
10 Iyul 2018, 15:32
Ta’lim dargohida sport zal, madaniyat saroyi, kutubxona binolarini qurish, ta’lim klasterini tashkil etishga kelishilgan.
Buning uchun universitet qoshida maktabgacha ta’lim muassasasi, umumta’lim maktab binosi, 600 o‘rinli talabalar turar joylarini barpo etish rejalashtirilmoqda. Ta’lim jarayonini tashkil etishda mutaxassislik fanlaridan darslarga malakali xorijiy professor-o‘qituvchilarni jalb qilinishi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, universitetda tahsil olayotgan talabalarga o‘z yo‘nalishlarida o‘quv mashg‘ulotlarini Koreya Respublikasi Hwashin Cyber universitetida davom ettirib, tegishli tartibda ushbu universitet diplomini olish imkoniyatini yaratib berish tartiblarini joriy etish imkoniyatlari ham muhokama qilingan.
Uchrashuv yakunida hamkorlik yuzasidan memorandum imzolashga kelishib olingan.