Toliblar Kobulda Rossiya, Xitoy va Pokiston vakillari bilan uchrashuv o‘tkazmoqda

Afg‘onistonning muvaqqat hukumati rahbari Muhammad Hasan Oxund Kobulda Rossiya, Xitoy va Pokiston vakillari bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 21 sen – Sputnik. “Tolibon”* radikal harakati tomonidan Afg‘onistonning muvaqqat hukumati rahbari etib tayinlangan mulla Muhammad Hasan Oxund Kobulda Rossiya, Xitoy va Pokiston vakillari bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Bu haqda toliblar vakili Ahmadulla Muttaqiy Twitter᾽da ma’lum qildi.
Xabarga uchrashuvda olingan suratlar ilova qilingan. Ularda Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulov, Pokistonning Kobuldagi elchisi Mansur Ahmad Xon hamda Xitoyning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Yue Saoyunni ko‘rish mumkin.
Uchrashuvning boshqa tafsilotlari keltirilmagan.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Yana ayollarsiz: Afg‘oniston muvaqqat hukumatida vazir o‘rinbosarlari tayinlandi