Qoraqalpog‘istonda boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga bepul tushlik berish yo‘lga qo‘yiladi

Bu haqda O‘zLiDeP nomzodi Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonda saylovchilar bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
Sputnik
TOShKENT, 20 sen – Sputnik. Qoraqalpog‘istonda kelgusi yildan boshlab, 1-4 boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun bepul tushlik berish yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda O‘zLiDePdan prezidentlikka ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoyev saylovoldi tashviqoti davomida ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, buning uchun budjetdan yiliga 100 milliard so‘m ajratiladi.
“Buni nazorat qilinglar, korrupsiya bo‘lmasin. Boshqa hech bir hududda bunday bo‘lmagan. Buni o‘zim o‘ylab yozdim. Bolajonlarimning ko‘pining onasi kasal”, – dedi Mirziyoyev.
Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga jo‘nab ketdi: prezident saylovchilar bilan uchrashadi