O‘zbekistonda “Lada” avtomobillarini ishlab chiqarish boshlandi

“ADM Jizzakh” zavodida “Lada” avtomobillarini yig‘ish boshlandi. Birinchi bo‘lib “Vesta SW” va “XRAY” modellari ishlab chiqildi.
Sputnik
TOShKENT, 20 sen – Sputnik. O‘zbekistonda “Lada” avtomobillarini seriyali ishlab chiqarish boshlandi. Bu haqda respublikada Rossiya avtomobillarining rasmiy importchisi hisoblangan “Roodell” kompaniyasi xabar qildi.
Ta’kidlanishicha, yirik uzelli yig‘ish usulida (SKD) birinchi bo‘lib “Lada Vesta SW” va “Lada XRAY” modellarini ishlab chiqish yo‘lga qo‘yilgan. Tez orada ular safiga “Lada Largus” ham qo‘shiladi.
Ishlab chiqarish “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasidagi “ADM Jizzakh” korxonasida yo‘lga qo‘yilgan.
“AvtoVAZ” O‘zbekistonda Lada va Renault modellarini yig‘ishni yo‘lga qo‘yadi
Kompaniya xabariga ko‘ra, mahalliy yig‘ish “Lada” avtomobillarini iste’molchilar uchun (birinchi navbatda, kredit dasturlari va Trade-in tufayli) yanada arzonroq qiladi.
2020 yilda O‘zbekistonda 18 ta dilerlik markazini o‘z ichiga olgan “Roodell” dilerlik tarmog‘i orqali 5000 dan ziyod “Lada” avtomobillari sotilgan.