"Yedinaya Rossiya" partiyasi 49,82% ovoz bilan RF Davlat Dumasiga saylovlarda g‘olib bo‘ldi

Rossiyada saylov yakunlari e’lon qilindi. G‘olib partiyalar beshligidan KPRF, LDPR, "Spravedlivaya Rossiya za pravdu" va "Novie lyudi" partiyalari o‘rin olgan
Sputnik
TOShKENT, 21 sen — Sputnik. "Yedinaya Rossiya" partiyasi 49,82% ovoz bilan Rossiya Davlat Dumasi deputatligiga o‘tkazilgan saylovlarda g‘olib bo‘ldi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi xabar bermoqda.
"Saylov bulletenlari 100 foiz sanalgach, Yedinaya Rossiya" 49,82 % ovoz bilan Davlat Dumasiga yetakchilikni saqlab qolgani, KPRF — 18,93 ovoz bilan ikkinchi o‘rinni, LDPR — 7,55 foiz ovoz bilan uchinchi o‘rinni egallagani ma’lum bo‘ldi", - deb xabar qildi MSK.
O‘zbekiston Rossiya Davlat dumasi saylovlariga kuzatuvchilar delegatsiyasini yubordi
Shuningdek, "Spravedlivaya Rossiya — za pravdu" — 7,46 foiz ovoz, "Novie lyudi" — 5,32 foiz ovoz bilan yetakchi beshlikdan o‘rin olgan.
Shu tariqa, RF Davlat Dumasiga besh foizli elektoral to‘siqni yenggan holda beshta partiya o‘tishga muvaffaq bo‘lgan.
Rossiya Davlat Dumasi saylovlar 17-sentabrdan 19-sentabrga qadar bo‘lib o‘tdi.
MSK rahbari Ella Pamfilovaning so‘zlariga ko‘ra, Parlament saylovlarida ovoz beruvchilarning 51,68 foizi qatnashgan, yakuniy natijalar esa, juma kuni, 24-sentabrda e’lon qilinishi kutilmoqda.