TIV: Permdagi otishmada jarohatlangan va halok bo‘lganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q

Vaziyat O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan nazoratga olingan.
Sputnik
TOShKENT, 20 sen – Sputnik. Rossiyaning Perm davlat milliy tadqiqot universitetidagi otishma natijasida O‘zbekiston fuqarolari jabrlanmagan. Bu haqda O‘zbekiston TIV rasmiy vakili Yusup Kabuljanov xabar qildi.
“Shuni ma’lum qilamanki, Perm davlat milliy tadqiqot universitetida ro‘y bergan otishmada jarohatlangan va halok bo‘lganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari qayd etilmagan”, - deyilgan xabarda.
Ta’kidlanishicha, vaziyat O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan nazoratga olingan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Perm davlat universitetidagi otishma oqibatida olti kishi qurbon bo‘lgan, yana 28 kishi jarohatlangan. Hujum qilgan shaxs huquqni muhofaza qilish organlariga qarshilik ko‘rsatish vaqtida yaralangan.
Voqea joyida tibbiyot, politsiya xodimlari va tergovchilari ish olib bormoqda. Jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Perm o‘lkasidagi ta’lim muassasalarida bir kunga darslar bekor qilindi hamda xavfsizlik choralari kuchaytirildi.
Perm universitetida otishma: qurbonlar bor