Andijondagi yirik YTHda “Damas” yo‘lovchisi qurbon bo‘ldi

YTH “Dongfeng” yuk mashinasi, uchta “Damas”, “Nexia” va “Matiz” rusumli avtomobillar ishtirokida ro‘y bergan.
Sputnik
TOShKENT, 19 sen — Sputnik. Andijon vilotida 6 ta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar bermoqda.

YTH 18-sentabr kuni soat 18:05 larda Oltinko‘l tumani Ko‘makay MFY hududidan o‘tuvchi 4R130 avtomobil yo‘lining 6-kilometrida ro‘y bergan.
1 / 4
2 / 4
3 / 4
4 / 4
“Dongfeng” yuk mashinasi, uchta “Damas”, “Nexia” va “Matiz” rusumli avtomobillar ishtirokidagi bu yirik YTHda “Damas” yo‘lovchilaridan biri vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Surxondaryoda fojiali YTH: haydovchi 12 yoshli qizni urib yubordi