TOShKENT, 16 sen - Sputnik. Dunyoning rang-barang harbiy-siyosiy xaritasida yana blok paydo bo‘ldi. AQSh va Britaniya Avstraliya armiyasini Tinch okeanidagi muhim kuchga aylantirishga kelishib olishdi.
Yashil qit’ada birinchi marotaba atom dengiz floti paydo bo‘ladi: ittifoqchilar ham texnologiyani, ham yadroviy xom ashyoni Kanberraga berishga qaror qilishdi. Bu esa NATOning boshqa a’zolarini juda xavotirga soldi. Ular nimadan qo‘rqishmoqda?
Odatda tinch hayot kechirgan va siyosiy lentada kamdan-kam ko‘rinadigan Avstraliya to‘satdan katta shov-shuv sababchisiga aylandi. AQSh va Buyuk Britaniya rahbarlari bilan uchrashuvda davlat rahbari Skott Morrison keng ko‘lamli harbiy loyihani e’lon qildi.
Uning ismi AUKUS. Ushbu qisqartma ortida Kanberra flotiga milliardlab dollarlik sarmoyalar, jumladan 900km masofada joylashgan nishonlarga zabra berisha qodir bo‘lgan LRASM raketalari bilan jihozlangan Hobart turidagi esminesslar kiradi.
Shuningdek Avstraliya floti EA-18G, F-18 qiruvchi samolyotlari uzoqqa zarba beruvchi qurollar bilan jihozlanadi hamda F-35 samolyotlaridga yana ko‘proq buyurtma beriladi.
Undan tashqari taniqli “Tomogavk” raketalaridan ham rosa ko‘p sotib olinadi va harbiy kemalar, samolyotlar va suv osti kemalari jihozlanadi. Suv osti kemalari borasida alohida to‘xtalamiz. Avstraliya 2036-yilga qadar 8ta atom suv osti kemasiga ega bo‘ladi. Keyin yana ko‘proq. Aynana ana shu suv osti kemalari AUKUS loyihasining asosiga aylandi, desa bo‘ladi.
Xo‘sh buncha jiddiy tayyorgarlik nima uchun kerak bo‘lib qoldi ekan? Va nimaga bundan faqat Vashington va London xabardor, NATOning boshqa a’zolari esa chetda qolishdi?
Ushbu “manyovr”larning barchasi albatta bitta raqib – Xitoyga qarshi qaratilgan. Avstraliya AQSh va Britaniya ko‘magida butun Okeaniyani o‘z nazorati ostiga olmoqchi.
Xitoy TIVi bunga aloqachon “uch davlatning yadroviy suv osti kemalari sohasidagi hamkorligi, mintaqaviy tinchlik va barqarorlikka jiddiy putur etkazadi, qurollanish poygasini kuchaytiradi, shuningdek, yadroviy qurolni tarqatmaslik bo‘yicha xalqaro harakatlarga zarar etkazadi, deb o‘z munosabatini bildirdi.
Darhaqiqat, Avstraliya 1960-yillar oxirida “Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi” xalqaro shartnomaga birinchilardan bo‘lib a’zo bo‘lgan edi. Lekin 3-yil oldin Yashil qit’ada turli siyosiy kuchlar tomonidan ushbu shartnomani qayta ko‘rib chiqish talabi tobora balandroq eshitila boshladi. Ularning argumenti – “tobora kuchayib borayotgan Xitoy tahdidi”. Lekin o‘shanda bosh vazir ularni tinchlantirishga muvaffaq bo‘lgan edi.
Hozir esa Skot Morrison yana murakkab ahvolda. Tinchlik tarafdori bo‘lgan Avstraliya qanday qilib ushbu yadroviy qurollanish poygasi ishtirkchisiga aylanib qolganini tushuntirish oson emas.
“Men aniqlik kiritmoqchiman: Avstraliya yadroviy qurol olish yoki yadroviy potensial yaratishga oshiqayotgani yo‘q. Biz yadro qurollarini tarqatmaslik haqidagi barcha majburiyatlarimizni bajarishda davom etamiz", - dedi u jurnalistlarga.
Lekin bu gaplar hammani ham ishontira olmadi. Qo‘shni Yangi Zelandiya bosh vaziri Jasinda Ardern qo‘shni davlat suv osti atom kemalarini o‘z hududiy suvlariga kiritmasligi haqida ogohlantirdi va Kanberraga kinoya qilib “ular Tinch okeani hududida o‘zini tutish qoidalariga amal qilishda davom etishini ta’kidladi”.
Yangi tug‘ilgan AUKUS ittifoqi Tinch okeani hududida darhaqiqat kuchlar muvozanatini butunlay o‘zgartiradi. Vashington Avstraliyani kuchli Xitoy bilan xavfli qarama-qarshilikka yetaklamoqda, deb hisoblaydi harbiy ekspert Viktor Muraxovskiy.
"Qo‘shma Shtatlar Kanberrani Xitoyga qarshi koalitsiyaga tortib olmoqda. Keyin u yerdan chiqish imkoni bo‘lmaydi. Kelajakda bu, birinchi navbatda, Avstraliya uchun jiddiy tahdid yaratadi", - deydi ekspert.
Undan tashqari, bu shartnoma mintaqadagi muvozanatni buzadi va bu boshqa davlatlarni ham xavotirga soladi.
"Agar Rossiya, Xitoy, Hindiston va NATO jangga kirishsa - bu o‘zaro halokat urushi bo‘ladi. Bu aniq-ku", - deydi Geosiyosiy muammolar akademiyasi vitse -prezidenti Konstantin Sokolov.
Shu bilan birga, ushbu ittifoqdan NATOning boshqa a’zolari ham zarar ko‘rishi mumkin. Hozir bu tashkilotda ham hammasi yaxshi ketayotgani yo‘q. Avstraliya amerikaliklar bilan shartnoma tuzib, fransuz sheriklarini qattiq ranjitdi. 2016-yilda Kanberra va Parij 12 ta suv osti atom kemasini qurish bo‘yicha 66 mlrd dollarlik shartnoma imzolagan edi. Endi bo‘lsa Fransiya uni buzishga majbur. Yelisey saroyi bundan o‘ta g‘azabda.
"Bu, darhaqiqat zimdan urilgan pichoq bo‘ldi. Biz Avstraliya bilan o‘zaro ishonchli munosabatlar o‘rnatdik. Hozir esa ishonch yo‘qoldi. Men bundan g‘azabdaman",- dedi Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Iv Le Drian.
Mudofaa vaziri Florens Parli esa bunda AQShni ochiqchasiga ayblab, uning harakati nafaqat ittifoqchilarini Fransiyadan uzoqlashtiradi, balki alyansda yakdillik yo‘qligini ko‘rsatadi, dedi. Parleyning so‘zlariga ko‘ra, bularning barchasi “Hind-Tinch okeani mintaqasida misli ko‘rilmagan chaqiriqlar paydo bo‘layotgan vaqtda" - katta muammolar keltirib chiqaradi.