TOShKENT, 16 sen – Sputnik.Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 99,9% sof holda reniy metalli olinishiga erishildi. Bu haqda kombinat matbuot xizmati xabar qildi.
Kombinatda kelgusida ushbu mahsulot sanoat masshtabida ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilmoqda.
Ushbu metall neftni qayta ishlash sanoatida, shuningdek, aviasozlik, elektrotexnika sohalarida detallar uchun asosiy element sifatida foydalaniladi.
Reniy metalli
© OKMK axborot xizmati
Shuningdek, tibbiyotda turli og‘ir xastaliklarni davolashda amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot ishlaridagi maxsus uskunalarni tayyorlashda qo‘llaniladi.
Zargarlikda esa reniydan qimmatbaho buyumlarni bezash uchun qoplama sifatida foydalaniladi.
Yadro sanoatida esa ushbu metalldan termoparalar tayyorlashda foydalanilmoqda. Bu reaktorda yuqori haroratni o‘lchash imkonini beradi.
Jahon bozorida 1 gr reniyning o‘rtacha narxi 9 dollar atrofida turadi.