Mirziyoyev ShHTning 20-yillik yubiley sammitida ishtirok etadi

Tashkilot sammiti 16-17 sentabr kunlari Tojikiston Respublikasi poytaxti – Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadi
Sputnik
TOShKENT 16 sen - SPUTNIK. Prezident Shavkat Mirziyoyev 16-17 sentabr kunlari Tojikiston Respublikasi poytaxti – Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining yubiley majlisi tadbirlarida ishtirok etadi.
Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
ShHT va KXShT Dushanbeda Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qiladi - Asadov
Majlisga tashkilotning a’zo davlatlari hamda faxriy mehmoni sifatida Turkmaniston rahbari taklif etilgan.
Shuningdek, tadbirda ShHT ijroiya organlari va boshqa xalqaro institutlar rahbarlari qatnashadi. Ishtirokchilar sammitda ShHTning o‘tgan 20-yilgi faoliyatining asosiy yakunlarini ko‘rib chiqadilar, ko‘p tomonlama hamkorlikning dolzarb vazifalarini muhokama qiladilar.
Sammit yakunida Dushanbe deklaratsiyasining qabul qilinishi, davlatlar rahbarlarining qarorlari va Tashkilot doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishga doir boshqa ko‘p tomonlama hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan. ShHTga raislik O‘zbekiston Respublikasiga o‘tishi sammitning muhim voqeasi bo‘ladi.
Bundan tashqari, kun tartibidan hamkor davlat rahbarlari bilan qator muzokaralar hamda Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha “ShHT - KXShT” formatidagi uchrashuv o‘rin olgan.