TOShKENT, 15 sen - Sputnik. AQSh kongressining bir qismi Ukrainaga ikki dona raketalarga qarshi taktik tizim - "Temir gumbaz"ni yetkazib berish taklifini ilgari surdilar. Bu haqda Politico xabar bermoqda.
Qurolli kuchlar masalalari bo‘yicha qo‘mita 2022-yilga o‘zi ishlab chiqqan mudofaa qonun loyihasini taqdim etdi. Unga ko‘ra, Pentagon Kiyevga "mavjud tizimlarni" sotish yoki topshirish variantlarini o‘z ichiga olgan hisobotni taqdim etishi kerak.
Hujjatda muayan Raketalarga qarshi mudofaa tizimining nomi keltirilmagan, ammo nashr manbasi so‘zlariga ko‘ra, gap "Temir gumbaz" deb nomlanuvchi batareyalar haqida bormoqda. Aytilishicha, ular ukrainalik harbiylarga "Rossiyaga qarshi turishda" yordam berishi kerak.
"Yangi qurolni olgach Moskva va Kiyev o‘rtasidagi munosabatlarda ziddiyat kuchayishi ehtimoli mavjud", - deyiladi maqolada.
Qayd etilishicha, AQSh ikki yil oldin Isroildan ikkita Iron Dome batareyalarini xarid qilgan, ammo shu vaqtgacha ularni armiya qo‘mondonligi va boshqaruvi yangi tizimiga integrallashning imkoni bo‘lmagan.
Sentabr oyi boshida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Vashingtonga bordi va amerikalik hamkasbi Jo Bayden bilan uchrashdi. Muzokaralar natijasida mudofaa sherikligi strategik asoslari to‘g‘risida bitim imzolandi. Bu ikki mamlakat mudofaa vazirliklari o‘rtasidagi harbiy salohiyatni oshirish va Ukrainaning mamlakatning hududiy yaxlitligini saqlashga tayyorligini oshirish va NATOga muvofiqligi yo‘lida harakat qilishning keyingi qadamlarini belgilaydi.