TOShKENT, 15 sen - Sputnik. 2021 yil 14-sentabr kuni Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Rossiya Federatsiyasining O‘zbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi Oleg Malginov bilan uchrashdi.
Ortiqxo‘jayev mehmonni qarshi olib, oxirgi yillarda poytaxtda ro‘y bergan, ham ijtimoiy soha ham shahar infratuzilmasiga oid islohotlar va o‘zgarishlar haqida so‘zlab berdi.
Poytaxt hokimi “Xavfsiz shahar” loyihasi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va yangi oliy ta’lim muassasalari, shu jumladan, Toshkentda faoliyat yuritayotgan Rossiya ta’lim muassasalari haqida ma’lumot berdi.
Oleg Malginov iliq qabul uchun minnatdorlik bildirib, o‘zining poytaxt to‘g‘risidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi va bir necha jihatlarga alohida to‘xtaldi: O‘zbekiston, xususan, Toshkent — Rossiya tadbirkorlari uchun eng talabgir yo‘nalish bo‘lib, buni o‘zbekistonlik biznes vakillarining Rossiya mintaqalari bilan faol hamkorligi tasdiqlaydi.
Taraflar Toshkent hokimligi va Moskva meriyasi o‘rtasida rejalashtirilayotgan hamkorlik dasturini hamda oktabr boshida kutilayotgan Sankt-Peterburg delegatsiyasining tashrifini muhokama qildilar.
Uchrashuv yakunida Ortiqho‘jayev va Malginov rejalashtirilgan loyihalarni rivojlantirishda o‘zaro sermahsul ko‘makka kelishib oldilar.