TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasida "Katiba Tavxid val-jihod" terrorchilik tashkiloti safiga (RF taqiqlangan) odamlarni yollashda gumonlangan ikki nafar mehnat muhojiri qo‘lga olindi.
FXXning Krasnoyarsk o‘lkasi bo‘yicha boshqarmasi matbuot-xizmati bergan xabarga ko‘ra, ikki nafar fuqaro terrorchilik mafkurasini keng yoyish maqsadida Markaziy Osiyo davlatlaridan ushbu regionga kelgani aniqlangan.
"MK Krasnoyarsk" nashri o‘z manbasiga tayanib, aniqlik kiritishicha, yollovchilar Tojikiston fuqarolari bo‘lgan.
Nashr manbasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘lga olinganlar ayollar o‘rtasida ham mafkurani keng targ‘ib qilish ishlari bilan shug‘ullangan.
Yollanuvchi erkaklarga islom dinini qabul qilib, so‘ngra tashkilot a’zosiga aylanish, ayollarga esa terrorchilarga xotin bo‘lish taklif etilgan.
Ikkala gumonlanuvchi ham hibsga olingan. Ularga nisbatan terrorchilik faoliyatiga ko‘maklashish fakti bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.