Lavrov Rossiya yevropaning qaysi davlatlari bilan muloqotga tayyorligini aytdi

Rossiya Federatsiyasining G‘arb bilan munosabatlari Ukrainadagi davlat to‘ntarishi va Donbassdagi voqealar fonida yomonlashgan edi.
Sputnik
TOShKENT, 15 sen - Sputnik. Rossiya Brusseldagilar o‘z didini o‘zgartirishini kutmaydi, balki Yevropa ittifoqining muloqotga tayyor mamlakatlari bilan muloqotni davom ettiradi, deb bayonot qildi RF TIV rahbari Sergey Lavrov YeI diplomatiyasi rahbari Jozep Borrelning so‘zlariga izoh berar ekan.
Putin: Rossiya va Ukraina ertami-kechmi munosabatlarni qayta tiklaydi
"Kuni kecha Yevropa ittifoqining tashqi siyosiy xizmati rahbari Jozep Borrel nutq so‘zlagan, OAVlar undan iqtibos keltirishgan. Matbuotda aytilishicha, u: "Biz Rossiya bilan bitta ovozda gaplashishimiz zarur, Rossiya Yevropa ittifoqi bilan emas, balki alohida a’zo-davlatlar bilan muloqot qilishni istaydi, biz esa barcha a’zo-mamlakatlar Rossiyadan faqat Yevropa ittifoqi bilan muloqotni talab qilishlariga erishmog‘imiz kerak", - degan jurnalistlarga vazir.
"Juda ajabtovur mantiq. Nega deganda, bizning Brussel bilan o‘rtamizda mavjud bo‘lgan munosabatlarning butun boshli tizimini Yevropa ittifoqining o‘zi barbod qilgan edi… Hammasi Yevropa ittifoqi tomonidan yo‘q qilindi. Albatta, YeI hech narsani qayta tiklashni istamayotgan hozirgidek bir vaziyatda biz ularda kimdir o‘z didini o‘zgartirishini kutib o‘tirmaymiz. Biz muloqotga tayyorlar bilan muloqotni davom ettiramiz", - deb ta’kidlagan Lavrov.
Minsk kelishuvlarining 5-yilligi - Ukraina, G‘arb va Rossiya nimalarga erishdi?
Agar bu mantiqqa amal qilinsa – "hech kim Rossiya bilan bog‘liq masalasini o‘zi mustaqil hal etishga haqli emas, bu faqat Yevropa ittifoqi orqali amalga oshirilishi kerak" - bu shunga ishora bo‘lishi mumkin-ki, Brusselda kimdir ozchilikning "Shimoliy oqim-2"ga nisbatan agressiyasini qolgan barcha a’zolarga majburan tiqishtirishni istamoqda, deya o‘z fikrini bildirdi Rossiya TIV rahbari.
Rossiya Federatsiyasining G‘arb bilan munosabatlari Ukrainadagi davlat to‘ntarishi va Donbassdagi voqealar fonida yomonlashgan edi. Moskva G‘arb sanksiyalariga javoban o‘xshash choralarni qabul qildi va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarishni jadallashtirdi. Moskva o‘zi bilan sanksiyalar tilida gaplashish mutlaqo foydasiz ekanini ko‘plab marotaba takrorlab kelgan. Rossiya shuningdek, ko‘plab marotaba Ukrainada mojaro yuz berishi tarafdori emasligi haqida bayonotlar berib kelgan.