Ermitaj direktori Alisher Navoiy tavalludini muzeyda nishonlashni taklif qildi

Mixail Piotrovskiy Rossiya uzoq yillardan beri O‘zbekiston bilan madaniy-ma’rifiy aloqalarni mustahkamlab kelotganini ta’kidlagan.
Sputnik
TOShKENT, 15 sen – Sputnik. Ayni kunlarda Toshkentda hamda O‘zbekistonning boshqa shaharlarida Madaniy meros haftaligi doirasida “O‘zbeksiton madaniy merosi – Yangi renessans poydevori” V kongressi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi Ermitaj muzeyi rahbari Mixail Piotrovskiy nutqi o‘qib eshittirildi, deya xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Piotrovskiy o‘z nutqida 1941-yil Ikkinchi jahon urushi avjiga chiqqan bir paytda Ermitajda shamlar yorug‘ida O‘zbek adabiyotining yorqin siymosi mir Alisher Navoiyning 500-yilligi nishonlanganini iliq xotirlangan.
“Biz uzoq yillardan beri O‘zbekiston bilan madaniy-ma’rifiy aloqalarimizni mustahkamlab kelmoqdamiz. Bu voqeaga ham 80-yil bo‘libdi. Men o‘sha qiyin damlarda olib borilgan ishlarni, zahmatkash insonlarni xotirlab yorug‘ va zamonaviy xonalarda 80-yildan so‘ng Alisher Navoiyning tavalludini Ermitajda o‘tkazishni taklif qilgan bo‘lar edim”,- deyilgan Mixail Piotrovskiy nutqida.
Butunjahon jamiyati tahririyat kengashi raisi Akmal Saidov bu ajoyib taklif ekanligini e’tirof etib uni bajonidil qabul qilishini aytdi.
Madaniy meros haftaligi 21-sentabrga qadar o‘tkaziladi. Tadbirlar respublikaning turli hududlarida bo‘lib o‘tmoqda.
Alisher Navoiy haqida hujjatli film suratga olindi