TOShKENT, 14 sen – Sputnik. O‘zbekiston hukumati Afg‘onistonga 1,3 tonna insonparvarlik yordami jo‘natdi. Bu haqda RIA Novostiga O‘zbekiston TIV rasmiy vakili Yusup Kabuljanov ma’lum qildi.
“Bugun (14 sentabr – tahr.) O‘zbekistondan Afg‘onistonga og‘irligi 1,3 tonna bo‘lgan insonparvarlik yuki yuborildi. Yuk oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon va kiyim-kechakdan iborat”, - dedi Kabuljanov.
U insonparvarlik yordamini muvaqqat afg‘on hukumatiga prezidentning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev topshirganiga aniqlik kiritdi. Yuk o‘zbek-afg‘on chegarasidagi “Termiz-Hayraton” ko‘prigi orqali yetkazib berilgan.
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zLiDep qurultoyida mamlakat qo‘shni Afg‘oniston zaminida tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashga, jafokash afg‘on xalqiga qo‘ldan kelgan barcha yordamni ayamasligini aytgan edi.