O‘zbekiston Afg‘onistondan evakuatsiya qilinayotgan amerikaliklarni o‘tkazishga va’da berdi

AQSh davlat kotibi O‘zbekiston hukumati AQSh fuqarolarini o‘z hududi orqali Afg‘onistondan evakuatsiya qilishda yordam berishga va’da berganini ma’lum qildi.
Sputnik
TOShKENT, 14 sen – Sputnik. AQSh O‘zbekiston, Tojikiston va Pokiston bilan bu mamlakatlar hududi orqali Afg‘onistondan evakuatsiya qilinayotgan amerikaliklarni o‘tkazish borasida kelishuvga erishdi.
Bu haqda AQSh davlat kotibi Entoni Blinken afg‘on masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda nutq so‘zlayotib ma’lum qildi.
“Biz bir qator davlatlar, jumladan, Pokiston, O‘zbekiston, Tojikiston bilan chegaralar Amerika fuqarolari, AQShda yashash guvohnomasiga ega bo‘lganlar hamda Afg‘onistonni tark etishga harakat qilayotgan va biz ularga ko‘maklashayotgan Amerika vizasi sohiblari uchun ochiq qolishi borasida ish olib bordik. Bizning hozir bu uchta mamlakat bilan kelishuvlarimiz bor”, — degan Blinken.
Avvalroq O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Yusup Kabuljanov O‘zbekiston hududiga qochib o‘tgan hamma afg‘on uchuvchi harbiylari oila a’zolari bilan birga boshqa mamlakatga evakuatsiya qilinganini xabar qilgandi.
Afg‘on uchuvchilarini O‘zbekistondan AQShning Dohadagi harbiy bazasiga ko‘chirish boshlandi