TOShKENT, 13 sen - Sputnik. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi sakkiz oy davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisobini e’lon qildi.
Jumladan, agentlik tomonidan xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan 7 ming 25 nafar mehnat migrantiga huquqiy yordam ko‘rsatildi.
Shuningdek, 262 ming 161 nafariga maslahat xizmatlari, 4 ming 853 nafariga ijtimoiy yordam, 8 ming 268 nafariga moddiy yordam ko‘rsatildi;
4 ming 150 nafar mehnat migrantiga bir martalik moddiy yordam ajratildi.
219 nafar mehnat migranti vaqtincha xostelga joylashtirildi.
Sakkiz oy davomida xorijda vafot etgan 323 nafar fuqaro jasadi olib kelindi.
271 nafar xorijda qiyin ahvolda qolgan fuqarolar qaytarildi.
Og‘ir tan jarohati olgan 11 nafar mehnat migrantining tibbiy xizmat xarajatlari qoplab berildi.
Mehnat migrantlarining ish beruvchilar tomonidan to‘lanmay turgan qariyb 692,7 ming AQSh dollari miqdoridagi ish haqi va pullik kompensatsiyalari undirib berildi.