Markaziy Osiyo va boshqa davlatlar razvedka xizmati rahbarlari Islomobodda uchrashdilar

Uchrashuvda Afg‘onistondagi vaziyat muhokama qilingan. Tadbirda MO davlatlaridan faqat Qirg‘iziston razvedka xizmati boshlig‘i qatnashmagan
Sputnik
TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Pokiston idoralararo razvedkasi direktori (Inter-Services Intelligence, ISI) general Fayz Homid Islomobodda Rossiya, Xitoy, Eron, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Turkmaniston va Tojikiston razvedka xizmatlari rahbarlarini qabul qildi, deb xabar qilmoqda India Today.
Markaziy Osiyoning bosh terrorchilari ismlari oshkor qilindi
Ta’kidlanishicha, idoralar rahbarlari Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qilishgan. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, oliy darajadagi uchrashuv Pokiston razvedkasi rahbari Qobuldan qaytganidan so‘ng bir necha kun o‘tib ro‘y bergan - Pokiston razvedkasi rahbari Afg‘onistonga toliblar taklifiga ko‘ra borgan.
"Tolibon"* bir oy avval hukumat kuchlariga hujumlarni faollashtirdi. 15-avgust kuni jangarilar Qobulga kirib bordilar va ertasi kuni urush tugagani haqida bayonot berdilar. 31-avgustga o‘tar kechasi amerika harbiylari Qobul aeroportini tark etib, bu bilan AQShning Afg‘onistondagi 20-yillik harbiy mavjudligiga nuqta qo‘ydilar. 6-sentabrda toliblar 34 afg‘on provinsiyaning eng so‘nggisi - Panjsherni o‘z nazoratiga olgani haqida xabar berishdi. Panjsherdagi qarshilik kuchlari esa "Tolibon"* bilan partizan urushiga o‘tganini ma’lum qilishdi. 9-sentabr kuni O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumati Afg‘onistonning yangi hukumati bilan aloqa o‘rnatishga tayyorligini ma’lum qildi.
* Rossiya, Qirg‘iziston va boshqa qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchi tashkilot