TOShKENT, 13 sen – Sputnik. O‘tgan hafta davomida Volga bo‘yi hududlaridan antitsiklon hisobiga kirib kelgan salqin havo asta-sekin kuchsizlanadi. Salqin havo sharqqa Qozog‘iston hududi tomonga qarab chekinadi, deb xabar bermoqda O‘zgidromet.
Bugun O‘zbekistonda harorat +27…+32 daraja bo‘lgan quruq va nisbatan salqin havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu ushbu kunlarning meyoriy qiymatlariga yaqindir.
Ertaga va haftaning oxirigacha respublika hududi bo‘yicha kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi. Kechasi va erta tongda havo +12…+15 daraja atrofida salqin bo‘ladi, kunduz kunlari esa quyosh nurlari havoni isitadi. Harorat 14 senyabr kuni +29…34 darajadan hafta oxiriga kelib +32…+37 darajagacha asta-sekin ko‘tariladi.