Fransiya Afg‘onistondagi toliblar hukumatini tan olishdan bosh tortdi

Rasmiy Parij toliblarni yolg‘on gapirishda ayblab, ular tuzgan hukumatni tan olishdan bosh tortdi.
Sputnik
TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Fransiya “Tolibon”* shakllantirgan Afg‘oniston hukumati bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘ymaydi. Bu haqda Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Iv Le Drian ma’lum qildi, deb xabar beradi France 5 telekanali.
“Fransiya bu hukumat bilan bilan biror bir munosabatlarga ega bo‘lishdan bosh tortadi”, - dedi Le Drian va toliblar o‘z va’dalari ustidan chiqishmaganini ta’kidladi.
Fransuz vaziri Parij “Tolibon”* vakillaridan ketish istadigida bo‘lganlarning hammasiga monesiz ketishga ruxsat berish, toliblar nazorati ostida bo‘lmagan hududlarga ham insonparvarlik yordamini erkin yetkazib berishga ruxsat berish, inson huquqlariga, ayniqsa, ayollarning ta’lim olish huquqiga rioya qilish hamda “Al-Qoida”* bilan har qanday hamkorlikdan voz kechishni talab qilganini eslatdi.
O‘zbekiston Afg‘onistonda muvaqqat hukumat tuzilganini olqishlaydi - TIV
“Ular so‘nggi bir necha kun davomida ular nafaqat xorijliklarga, balki afg‘onlarga ham mamlakatni erkin tark etishni taklif etishgani haqida gapirishdi, inklyuziv hukumatni va’da qilishgandi, biroq natijada aldashdi”, - dedi xulosa qilgan Le Drian.
“Fransiya davlatni tan oladi. Afg‘onistonda elchimiz bor edi, rasmiyatchilik jihatda u hozir elchi bo‘lib qolmoqda. Bizning Kobuldan taxminan 3 ming kishini evakuatsiya qilishni ta’minlash uchun texnik muzokaralarimiz bo‘lgan, biroq tan olish haqida gap ketayotgani yo‘q”, - deya tushuntirdi vazir. – Biz toliblardan xatti-harakatlar kutapmiz. Ularga iqtisodiy tanaffus kerak, ularga xalqaro munosabatlar kerak”.
Qozog‘iston Afg‘onistonning yangi hukumati bilan ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatishga tayyor
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti